“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” faniga bag‘ishlangan ushbu elektron platforma talabalarga fan bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash, laboratoriya mashg‘ulotlari bilan tanishish, hamda virtual o‘quv materiallaridan foydalanish imkonini yaratadi.
Platformaning asosiy maqsadi — gidrogeologik jarayonlarni tahlil qilish, modellashtirish, va muhandislik-geologik loyihalashni raqamli vositalar yordamida o‘rganishni osonlashtirishdir.
Bu tizim orqali talabalar fan bo‘yicha elektron darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar, test topshiriqlari va amaliy mashg‘ulotlarga tezkor kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bu elektron platformada "Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi" fanidan elektron ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin!
Qarshi davlat texnika universiteti t.f.f.d., PhD Rabbimov Jaxongir Shodmonkulovich
Rabbimov Jaxongir Shodmonkulovich 1996-yil 18-fevralda Samarqand viloyat Payariq tumanida tug‘ilgan.
2015-2019-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Foydali qazilmalar geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” yo‘nalishi bakalavriaturasini tamomlagan.
2019-2021 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti magistratura “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlab, magistr darajasiga ega bo‘lgan.
2020-2021-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Foydali qazilmalar geologiyasi va razvedkasi” kafedrasi laboranti lavozimida ishlagan.
2021-2022-yillarda Kasbi oziq-ovqat va sanoat texnikumida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
2022-2023-yilllarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Foydali qazilmalar geologiyasi va razvedkasi” kafedrasida laboratoriya mudiri lavozimida 2023-2024 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Foydali qazilmalar geologiyasi va razvedkasi” kafedrasida assistent o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
2024-2025 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Geologiya va konchilik ishi” kafedrasida assistent lavozimida ishlagan va hozirda Qarshi davlat texnika universitetining “Geologiya va konchilik ishi” kafedrasida t.f.f.d., PhD lavozimida ishlab kelmoqda.